19 sen 19:41
Yangiliklar
WBC'ning yangilangan reytingida 12 bokschimiz: Jalolov pastladi, SHohjahonda ko'tarilish + POSTER
Butunjahon Boks uyushmasi sentyabr oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Mazkur reytingdan 12 nafar bokschimiz joy olgan bo'lib, ularning o'rni bilan tanishing:
Og'ir vazn: Bahodir Jalolov o'tgan oydagidan ikki pog'ona pastlab 22-o'ringa joylashtirildi;
Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'ofurov 13-o'rin; Bektemir Meliqo'ziev esa 30-o'rinni band etdi;
Super yarim o'rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 8-o'rinda;
Yarim o'rta vazn (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 22-pog'onada, o'tgan oyda 21-o'ringa joylashgan edi; SHahram G'iyosov 24-o'rin; Jamshidbek Najmitdinov esa 32-o'rindan bir pog'ona pastlab, 33-o'rinni egalladi;
Super engil vazn (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 15-o'rinda qayd etildi, avgust oyida 18-pog'onada ko'rsatilgan edi;
Ikkichi yarim engil vazn (58,9kg): Elnur Abduraimov o'tgan oydagidan bir pog'ona yuqorilab 39-o'ringa joylashtirildi;
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov o'tgan oydagidan bir pog'ona pastlab 37-o'rinni egalladi;
Engil vazn (50,8 kg): Olimjon Nazarov 40-pog'onada qayd etildi;
Birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): Hasanboy Do'smatovning pog'onasi o'zgarishsiz qoldi - 11-o'rin.
Fikrlar