15 iyu 12:48
Yangiliklar
WBC'ning yangilangan reytingidan 11 nafar bokschimiz o'rin oldi + POSTER
Butunjahon Boks uyushmasi iyun oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi. Mazkur reytingdan 11 nafar bokschimiz joy olgan.
Birinchi o'ta engil vazn toifasi (48,8 kg) : Hasanboy Do'smatov 11-o'ringa joylashdi. O'tgan oyda bokschimiz 15-pog'onani egallab turgan edi;
Birinchi yarim engil vazn toifasi (55,3 kg): Islombek Pirmanov 38-o'rinni band etdi;
Yarim engil vazn toifasi (57,1 kg): Otabek Xolmatov ushbu reytingga 36-o'ringa joylashtirildi;
Super engil vazn toifasi (63,5 kg): SHohjahon Ergashev 2 pog'ona ko'tarilib, 20-o'rinda qayd etildi;
Yarim o'rta vazn toifasi (66,6 kg): Qudratillo Abduqahhorov 21-o'rin; SHahram G'iyosov yangi vaznidagi reytingda 1 pog'ona yuqorilab, 25-o'rinni egalladi; Jamshidbek Najmitdinov reytinga kiritilib, 30-o'rinda qayd etildi;
Super yarim o'rta vazn toifasi (69,8 kg): Isroil Madrimov o'tgan oydagi kabi 9-o'rin;
Super o'rta vazn toifasi (76,2 kg): Azizbek Abdug'afurov 1 pog'ona ko'tarilib, 14-o'ringa joylashdi; Bektemir Meliqo'ziev 39-o'rin;
Superog'ir vazn toifasi (+101 kg): Bahodir Jalolov 32-o'rin.
Fikrlar