07 iyu 13:14
Yangiliklar
Boks/MMA
WBO Dmitriy Bivol uchun majburiy davogarni belgiladi
WBO tashkiloti yarim og'ir vazn toifasidagi jahon chempioni Dmitriy Bivolni vaqtinchalik chempion Kallum Smitga qarshi himoya jangi uchun buyruq berdi.
Tomonlarga jang shartlari bo'yicha kelishuvga erishish uchun 20 kun vaqt berildi. Agar ushbu muddat ichida kelishuvga erishilmasa, jangni o'tkazish huquqi maxsus aukcion orqali aniqlanadi.
Bivol so'nggi jangini may oyida o'tkazib, Mixael Ayfertni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : WBO
Fikrlar