17 okt 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA

WBO reytingi. Qudratillo qaytdi va boshqa o'zbek bokschilarining o'rni
WBO (Butunjahon boks tashkiloti) kecha bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.
Tashkilotning oktyabr oyi uchun yangilangan reytingdan uch nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.
Unga ko'ra, o'taengil vazn (-50,80 kg) toifasida Olimjon Nazarov avvalgi oylardagi kabi 7-o'rinni egallab turibdi.
Birinchi yarimo'rta vazn (-63,5 kg) toifasida SHohjahon Ergashev esa 13-o'rindan joy olgan.
Avvalgi oylarda WBO Qudratillo Abduqahhorovni reytingdan olib tashlagandi. Bu safargi elon qilingan reytingda yana bokschimizni ko'rishimiz mumkin. Yarimo'rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov 13-pog'onadan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar