24 avg 12:57
Yangiliklar

WBO Saul Alvares kamariga rasmiy davogarni aniqlaydi
Tashkilot ikki vaznda jahon chempioni, amerikalik Demetrius Andrade (31-0, 19 KO) jamoasining taklifini qanoatlantirdi. Andrade ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg.gacha) toifasidagi davogarlar jangida ringga chiqish taklifini bergan edi.
Avvalroq, o'rta vazn (72,6 kg.gacha) toifasida WBO chempioni bo'lgan Andrade aynan Saul Avares bilan jang sabab o'z kamaridan voz kechgandi.
Katta ehtimol bilan amerikalik 34 yoshli Demetriusning davogarlar jangidagi raqibi britaniyalik 28 yoshli Zak Parker (22-0, 16 KO) bo'ladi. Aslida bu ikki jangchi shu yilning may oyida o'zaro to'qnash kelishlari kerak edi. Lekin Andradening elkasidan olgan jarohati sabab ushbu jang bekor bo'lgandi.
Davogarlar jangi g'olibi vaqtinchalik kamarni qo'lga kiritish barobarida pound-for-pound reytingining sobiq etakchisi, meksikalik Saul Alvaresga qarshi to'laqonli chempionlik uchun ringga ko'tarilish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Fikrlar