So’nggi yangiliklar

10:45Даниэль Дюбуа Жозеф Паркерга қарши WBO камарини ҳимоя қилиши мумкин 0 10:03Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэдан реванш олишига ишонмоқда 0 09:26"Ал Насср" ОФКдан "Ал Васл"га техник мағлубият ёзишни талаб қилмоқда 0 09:00Жавоҳир Синдаров — Clutch Chess: Champions Showdown 2026 чемпиони! 0 08:31Стрикленд - Имавов реванш жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 07:46Баҳодир Жалолов IBA President's Cup турнирида иштирок этади(ми?) 0 07:09Таниқли боксчи Эдгар Берланга Флоридада ҳибсга олинди 0 23:16Россия чемпионати тўпурари Ўзбекистонга қарши ўйинда иштирок этишдан бош тортди 0 22:45"Сизни қон кутмоқда". Адесанья UFC’даги навбатдаги жанги учун шартнома имзолаганини эълон қилди 0 22:04Конор Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг жангларга қайтиш эҳтимолини баҳолади 0 21:30АCА 209: Холмурод Нурматов ва Саидёқуб Қаҳрамонов иштирокидаги турнирнинг тўлиқ карди билан танишинг 0 20:56МЮ ҳужумчиси йил охиригача сафдан чиқди 0 20:13UFC 334 чемпионлик жангининг захира иштирокчиси эълон қилинди 0 19:32Guangzhou Open. Кудерметова ва Тимофеева жуфтликда 1/4 финалга чиқди 0 18:57Махачевнинг мураббийи Исламнинг ММАдан кетишидан олдин кимлар билан жанг қилишини кўришни исташини ошкор қилди 0

05 sen 08:32
Yangiliklar

Karate

WKF prezidenti milliy federaciyalar bilan onlayn uchrashuvlar o'tkazdi

Teglar :  WKFKarate
Jahon karate federaciyasi (WKF) prezidenti Antonio Espinos milliy federaciyalar vakillari bilan ikkinchi bor onlayn uchrashuvlar o'tkazdi.

Unda COVID-19 pandemiyasining karate sportiga tasiri va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida gapirib o'tdi. Uch kun davom etgan mazkur uchrashuvlarda 80 ga yaqin milliy federaciyalar vakillari ishtirok etdi.

Espinos pandemiya davrida sportni saqlashda barcha azolarning birligi va hamjihatligi muhim ahamiyat kasb etishini takidladi.

«May oyida bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvdan so'ng va bugun har biringizni diqqat bilan tinglaganimizdan keyin, menda karate dunyosi bir necha oy oldingi holatidan ko'ra hozir ancha yaxshi ahvolda ekanligi haqida taassurot paydo bo'ldi. Barchangizdan ushbu ajoyib fikr va mulohazalarni qabul qilishdan mamnunman. Sportimiz rivojiga qo'shgan salmoqli hissangiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman»- dedi WKF prezidenti.

Antonio Espinos kun tartibidagi yana bir masala – karateni rivojlantirish va ommalashtirish masalasiga to'xtalib o'tdi. SHuningdek, uchrashuvda musobaqalarni qayta boshlash uchun turli takliflar ham muhokama qilindi. Yakunda yil oxirigacha yana bir onlayn uchrashuv o'tkazishga kelishib olindi.

«Butun karate oilasi sevimli sportimizning qaytishini kutmoqda», – deya qo'shimcha qildi Espinos. «Biz kutgan vaqt, albatta, keladi. Bizning sportchilarimiz va vakillarimiz barchani ilhomlantirishda davom etadilar. Muxlislarimiz va manfaatdor tomonlarga sevimli sportimizning qadriyatlari, birdamligi va unga bo'lgan fidoyilikni nishonlash imkoniyatini taqdim etish bizning vazifamizdir. Ishonchim komilki, birgalikda va ishtirok etayotgan barcha tomonlarning say-harakatlari bilan tez orada faoliyatimizni davom ettirishimiz mumkin bo'ladi. Sportchilarimiz vaziyat barqarorlashi bilan musobaqalarga qaytishadi».

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing