29 sen 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

World Boxing Jahon kubogining so'nggi bosqich manzili tasdiqlandi
Xabaringiz bor, World Boxing tashkiloti joriy yildan boshlab Jahon kubogi musobaqasini o'tkazib kelmoqda.
Ushbu kubok bahslarining bu yilgi final bahslari 17-22 noyabr kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida bo'lib o'tadi.
Unda erkaklar va ayollar ishtirokida 10 ta vazndan eng kuchlilar saralab olinadi. G'oliblar 300 reyting ochkolariga ega bo'ladilar.
"Shahid Vijay Singx Patik" sport majmuasi mezbonlik qiladigan turnirning boshlanish sanasiga 50 kun qoldi.
Yodingizda bo'lsa, musobaqaning oxirgi bosqichi Qozog'istonda o'tkazilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar