30 jan 10:10
Yangiliklar
WTA reytingi. Iga hamon peshqadam, Sobolenko 2-raketka, Abduraimova 24 pog'onaga yuqoriladi
Ayol tennis malikalari reytingini hamon katta farq bilan polshalik Iga Svyontek boshqarib bormoqda. Avstraliya Ochiq chempionati g'olibasi Arina Sobolenko 5-pog'onadan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Tunislik Ons Jaber bir pog'onaga pastlab, 3-o'ringa joylashdi. Australian Open 2023 finalchisi qozog'istolik Elena Ribakina 15 pog'onaga yuqorilab, Top-10`ni yakunlab berdi.
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova o'tgan haftadagi o'rni (176)ni sezilarli tarzda yaxshilab oldi. Punadagi turnir vice-chempioniga aylangan hamyurtimiz 410 ochko bilan 152-o'ringa ko'tarildi. Nigina Punadan avval Avstraliya Ochiq chempionatining saralash bahslarida ishtirok etgan va ikkinchi davrada imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Sevil Yo'ldosheva va Milana Maslenkova aksincha bir pog'onaga pastlashdi.
WTA reytingi. 30 yanvar kungi holat
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 10 485 ochko
2. (5) Arina Sobolenko (Belarus) - 6100
3. (2) Ons Jaber (Tunis) - 5210
4. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 5000
5. (4) Karolin Garsiya (Franciya) - 4645
6. (7) Kori Goff (AQSH) - 3992
7. (6) Mariya Sakkari (Greciya) - 3811
8. (8) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3380
9. (10) Belinda Benchich (SHveycariya) - 2905
10. (25) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 2800
O'zbek tennischilarining WTA reytingidagi o'rni:
152 (176). Nigina Abduraimova - 410
1027 (1026). Sevil Yo'ldosheva - 13
1255 (1254). Milana Maslenkova - 4...
Fikrlar