19 iyu 16:20
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10 o'zgarishsiz, qizlarimizda "minus" natija
Yangilangan reytingning Top-10`taligida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennis malikalari o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Polshalik Iga Svyontek hamon reytingni boshqarishda davom etyapti.
Mamlakatimizning uchchala etakchi tennischisi ham o'z o'rinlarini birmuncha pasaytirib olishdi. Berlin WTA turniri saralashida mag'lubiyatga uchragan Nigina Abduraimova 3 pog'onaga pastlab, 172-o'ringa joylashdi. Ikkinchi raketkamiz Sevil Yuldasheva 2, Milana Maslenkova esa 11 pog'ona quyiga "sho'ng'idi".
WTA reytingi. 2023 yil 19 iyun kungi holat
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8940 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8011
3. (3) Elena Rybakina (Qozog'iston) - 5090
4. (4) Karolin Garsiya (Franciya) - 5025
5. (5) Jessika Pegula (AQSH) - 4905
6. (6) Ons Jaber (Tunis) - 3491
7. (7) Kori Goff (AQSH) - 3251
8. (8) Mariya Sakkari (Greciya) - 3117
9. (9) Petra Kvitova (CHexiya) - 31021
10. (10) Beatris Xaddad Mayya (Braziliya) - 2690
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
172 (169). Nigina Abduraimova - 399
898 (895). Sevil Yo'ldosheva - 22
1299 (1288). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar