10 sen 21:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/133632_220.jpg)
Xabib: 20 yil ichida nima bo'lishini xech kim bilmaydi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov otasi uchun tashkil etilgan xotira turnirida nutq so'zladi.
«Birinchi navbatda otamning xotirasiga bag'ishlab turnir o'tkazgan insonlarga minnatdorchilik bildiraman. U doim yosh avlodlarni o'stirishga harakat qildi. Biz bolalarga to'g'ri tarbiya berishimiz kerak. Birinchi navbatda xulq, keyin qolgani. Otamning xonasida birinchi tarbiya, bilim keyin sport haqida suhbat bo'lgan.
Men 1988 yilda tug'ildim, o'ttiz yil ichida ko'p narsalarni boshdan kechirdim. Keyingi yigirma yil ichida nima bo'lishini hech kim bilmaydi. SHuning uchun, bolalarimizni asraylik, ularga to'g'ri tarbiya berishimiz lozim. Bolalar katta avloddan o'rnak oladi. SHu sababli, birinchi navbatda biz o'zimizni to'g'ri namoyish qilishimiz kerak»,-dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar