20 jan 13:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi haqida gapirdi + FOTO
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov barcha davrlarning eng yaxshi jangchisi bo'lishi mumkin bo'lgan jangchi haqida gapirdi.
"Menga Maks Xolloueyning janglari yoqadi. Unga qarshi 2018 yilda oktagonga ko'tarilishim kerak edi. Uning davri yana keladi deb o'ylayman. U ikki-uch yil avvalgi Maksdan ancha kuchli. Uni yorqin kelajak kutmoqda. Balki aynan u barcha davrlarning eng yaxshisi bo'lar", - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Maks so'nggi jangini kuni kecha Kelvin Kattarga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar