26 may 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA
"Xabib bilan 1 kunlik mashg'ulot boshqalar bilan 100 kunlik mehnatga teng" - UFC jangchisi
UFCning yarimo'rta vazn toifasi jangchisi Bilol Muhammad Islam Maxachev va Xabib Nurmagomedov bilan mashg'ulotdan olgan taassurotlari haqida gapirdi.
"Bu yigitlar yonimda bo'lsa, imkon qadar ko'proq vaqtni birga o'tkazishga harakat qilaman. Xabib bilan o'tkazilgan bir kunlik mashg'ulot - boshqalar bilan qilingan 100 kunlik mehnatga teng. Bu yigitlardagi bilim, sen oladigan energiyaning qiymati katta. Ular bilan birga ishlash yoqimli. Mashg'ulotlar vaqtida Xabib bilan ishlasang Maykl Jordan, Islam bilan esa huddi Lebron Jeyms bilan birga shug'ullangandek taassurot uyg'onadi", - dedi Bilol Muhammad.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar