08 sen 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib faqat bitta shart bilan Fergyusonga qarshi oktagonga chiqadi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonga qarshi jang qilishga tayyor.
“Agar Toni yana oktagonga qaytib, Top jangchilarni mag'lub etadigan bo'lsa, unga qarshi jang qilishga tayyorman. Getji Tonini mag'lub etganidan so'ng, unga qarshi to'qnash kelishdan maqsad qolmagan”, - dedi Xabib.
Malumot uchun, UFC Xabib va Toni o'rtasidagi jangni besh marotaba tashkil etishga urinib ko'rgan, lekin barcha urishlar zoe ketgan.
Eslatib o'tamiz, Toni so'nggi jangini Jastin Getjiga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar