13 okt 15:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Fergyuson haqida nimalar dedi?
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toni Fergyuson nega jang qilishda davom etayotganini aytdi.
"Vaqtni hech kim qaytara olmaydi. Na men va na Toni — hech kim. Bizning vaqtimiz o'tdi. Go'yoki unga pul kerak va shuning uchun faoliyatini davom ettiryapti.
U Amerikadagi qarzlarini to'lashi kerak — u erishgan narsa shu xolos. Buni ishonch bilan ayta olaman, sababi u kaliforniyalik, men kaliforniyalik jangchilarni yaxshi bilaman. O'ylashimcha, unga 48 foiz to'lashadi. Qanday bo'lmasin, kurashish kerak.
U qarzlari va soliqlar uchun kurashni davom ettiradi. Uning oilasi va ikki farzandi bor. Uni ayblamay olmayman. Faqat vaqt qaytib kelmaydi, ketganingdan keyin hech kim ismingni so'ramaydi ham", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar