14 okt 09:57
Yangiliklar

Xabib Fergyusonni ahmoq deb atadi. Nima uchun?
Birinchi marotaba amerikalik sportchi Xabibga qarshi jang bekor bo'lganini bilib vazn tashlagandi. Ikkinchi marotaba esa u Jastin Getjiga qarshi jang oldidan shu ishni qilgan.
"Agar Tonining ikki marta vazn tashlagani haqida gapiradigan bo'lsak, bu ahmoqlik edi. Men bungacha ham aytganman, Toni Fergyuson menga yoqadi, lekin u ahmoq bola. Hozir u men haqimda gapirishda davom etmoqda. U nima uchun ko'p gapirmoqda? Jastin Getji uni xor qildi. Nima uchun men haqimda gapirishda davom etmoqda? Agar shu orqali u o'zini yana piar qilmoqchi bo'lsa mayli, men roziman.
Agar u men haqimdagi gaplar o'zini qandaydir yaxshiroq holatga chiqaradi deb o'ylayotgan bo'lsa, bu shunchaki uning aqliy darajasi qanday ekanligini ko'rsatadi. Bu uning kuchsiz ekanligini namoyon qiladi. Ammo biz xech nima qila olmaymiz", - dedi Nurmagomedov.
Fikrlar