22 avg 11:37
Yangiliklar
![](/upload/storage/233025_220.jpg)
Xabib Kamaru Usmanning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Jang yakunlanishiga 55 soniya qolgan bir pallada Leon chap oyoqda bergan kuchli va aniq zarbasi evaziga Usmanni "uxlatib" qo'ygandi. Nokautga qadar Kamaru raundlar bo'yicha 3:1 hisobida g'alaba qozonayotgandi. Xabib Nurmagomedov Usmanning kutilmagan mag'lubiyatiga o'z munosabatini bildirdi.
"Ochig'i, men xayron qoldim. To'g'risini aytsam, juda xafa bo'ldim. CHunki, Kamaru bilan juda yaqin do'stmiz, munosabatlarimiz ham yaxshi. Dunyoning eng kuchli jangchilaridan birining jang yakunlanishiga qandaydir 50 soniya vaqt qolganda chuqur nokautga uchrashini tomosha qilish juda og'ir bo'ldi. Hamma singari men ham jangda Usman ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonsa kerak deb o'ylagandim. Voqealar rivoji shunga qarab ketayotgan edi. O'zingiz ko'rdingiz, bir soniyaga diqqat-etiborni yo'qotish qanday yomon oqibatlarga olib keladi. Bu - MMA!", - dedi Nurmagomedov.
Xabib Nurmagomedov shuningdek, Usman va Edvards o'rtasidagi trilogiya haqidagi savolga ham javob berdi.
"Bilishimcha, hozir uchinchi jang ustida ishlashyapti. Trilogiyada Usmanning imkoniyatini yuqori baholayman. Lekin bir narsani unutmaslik kerak, bunday nokautdan keyin o'ziga kelib olish har qanday kuchli jangchiga ham oson bo'lmaydi.
Fikrlar