So’nggi yangiliklar

07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0

22 mar 14:10
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xabib – Konor. Revansh tashkil etish uchun beshta sabab

Konor MakGregor va Xabib Nurmagomedov UFC 229dan so'ng tarixga kirishdi.

Ular o'rtasidagi jang UFC tarixidagi qanday rekordlar bo'lsa, barchasini yangiladi. Jang yakunlanganidan so'ng muxlislar, ekspertlar, umuman barcha jang ixlosmandlari jangchilar o'rtasida revansh o'tkazishni talab qilishdi. Hozirda ikki UFCchiga ham raqiblar yo'qligini hisobiga olsak, revansh bo'lish ehtimoli yuqori. Nega revansh bo'lishi kerak? CHunki...

1-sabab: Katta daromad

Esingizda bo'lsa bu jangdan olingan daromad rekord darajada edi. Birgina chiptalar sotuvidan tushgan mablag'ning o'zi 17,2 million dollarni tashkil qildi. shuningdek pullik translyaciyadan AQSHning o'zidan 2,4 million odam foydalandi. Bu esa UFC uchun rekord hisoblanadi. Birinchi jang shu darajada omadli chiqqani hisobga olsak, ikkinchi jang undan ham daromadli bo'lishiga shubha yo'q.

2-sabab: MakGregorning revanshlardagi kuchi

MakGregor raqibini mensimasligi oqibatida 2016 yilda UFC 196 janglarida Neyt Diasga mag'lubiyatga uchragan. Lekin, ikkinchi jangda muxlislar umuman boshqa Konorni ko'rishdi. Butun jang davomida irlandiyalik hujum qildi, Diasga qaqshatqich zarbalar yo'lladi. Jang Konorning to'liq ustunligi bilan yakunlangan. Agar revansh tashkil qilinsa, bu holatni yana bir bor ko'rishimiz mumkin. CHunki, Konor doimgidek ikkinchi jangida o'zgacha uslubda jang qiladi.


3-sabab: Xabib tasodif tufayli g'alaba qozonmaganini isbotlashi kerak

Agar Konor bu jangda tasodifan mag'lubiyatga uchraganini isbotlamoqchi bo'lsa, unda Xabib ham jangda tasodifan g'alaba qozonmaganini isbotlashi kerak. Oktyabrda o'tkazilgan dastlabki jangda Xabib to'liq ustunlikka erishib g'alaba qozondi. Lekin, bazi faktlar Xabibga qarshi ishlashi mumkin. Konor oktagonga ikki yillik tanaffusdan so'ng qaytdi. Bu esa MMAda juda katta muddat. SHunga o'xshash gap-so'zlardan qutulish uchun Xabib ikkinchi jangda ham raqibini yutishi shart. Demak, “Burgut” uchun ham revansh kerak.


4-sabab: Trilogiya bo'lish ehtimoli

Bu erda barchasi oddiy. Agar Konor revanshda g'alaba qozonsa, kim haqiqatdan kuchli ekanligini isbotlash uchun ham uchinchi jang bo'lishi aniq.

5- sabab: Ommaviy nizo hali yakunlanmagani

Xabib va Konor jangi yakunlanganidan so'ng ham urush davom etdi. Xabib jang yakunlanishi bilanoq oktagondan otilib chiqib, Dillon Danis bilan urishib ketdi. Konor esa oktagonning ichida Xabib jamoasi bilan janjal qilgani bois, har ikki tomoning ham hali bir-biriga adovati tugamagan. SHu sababli ham revansh bo'lishi kerak.

Xorijiy saytlar asosida Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing