07 sen 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Konorga qarshi ehtimolliy revansh haqida gapirdi
UFCning engil vazndagi amaldagi chempioni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi revansh jangi qiziq emasligini malum qildi.
“Revansh? Menga umuman qiziq emas. Balki, revansh bo'lar, lekin hozir bor etiborimni davogarlarga qaratganman. Konor haqida o'ylashga vaqtim ham yo'q. Men qilishim kerak bo'lgan ishni 2018 yilning 6 oktyabrida bajarib bo'lganman. O'sha kuni u menga oktagonda hech qanday raqib emasligini ko'rsatib qo'ydi”, - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Konor o'rtasidagi ilk bahs 2018 yilning 6 oktyabr kuni bo'lib o'tgan va o'shanda Xabib raqibini to'rtinchi raundda taslim bo'lishga majbur qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar