28 avg 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Makgregor bilan jang vaqtida Dana Uaytga nima deganini aytdi
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorga qarshi jang chog'ida Dana Uaytga nima degani haqida gapirdi.
"Men tezroq qafas yopilib, u bilan birga-bir qolishimizni intizorlik bilan kutdim. O'sha payt buni judayam istadim. CHunki nima bo'lishini hech kim bilmaydi: kimdir jarohat olishi mumkin yoki boshqa holatlar ro'y berishi mumkin. Buni hech qachon bilmaysan. Men jangga qattiq tayyorlandim va bu lahzalarni uzoq vaqt kutdim. Men juda baxtiyor edim.
Qafasga kirib, uning eshiklari yopilganida, Dana Uaytga qarab, shunday degandim: "Bugun sen uni himoya qila olmaysan". U meni eshitmadi. Barchasi joyida, biz jangdan keyin gaplashib oldik", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : Inspire Me Podcast
Fikrlar