17 okt 08:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Makgregorning 15 mln dollarlik taklifiga javob berdi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor bilan takroriy jang o'zi uchun qiziq emasligini malum qildi.
Bu haqda Xabibning amakisi Aleks Nurmagomedov xabar berdi. Ikki vaznda sobiq jahon chempioni bo'lgan Makgregor bir muddat avval Xabib Nurmagomedovga revansh jangi uchun 15 million dollar taklif qilgandi.
“Konorga qarshi revansh jangi o'tkazilishi mumkinmi? Yo'q. Boisi, bu jang Xabib uchun endi qiziq emas. Jiyanim har qanday katta summada pul taklif qilinsa ham revansh jangiga rozilik bermaydi.
Ha, ayni paytda Konorning jamoasi bizga rasman revansh taklif etishdi. Ilk taklifdayoq 15 mln dollar gonorar kafolatlashdi. Lekin, Xabib bu taklifga “yo'q” dedi. Nurmagomedov Konorga navbatga turishini aytib, endi Fergyuson bilan jang qilishini ham qo'shimcha qildi.
Havola :
Fikrlar