28 mar 11:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib nima uchun ayollarning MMA’da ishtirok etishini qo'llab-quvvatlamasligini tushuntirdi
Rossiyalik 37 yoshli UFC promoushenining sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov ayollarning aralash yakka kurashlar bo'yicha ishtiroki haqida gapirdi.
"Har bir insonning hayotda o'z missiyasi bor. Erkak kishi uchun farzand o'stirish, oilasi va yaqinlariga g'amxo'rlik qilish... Zimmasiga katta masuliyat oladigan ayollar juda kam. Ularga bu juda og'ir. Bu shunchaki emas. Parvardigor buni shunday yaratgan: ayol zaifroq, erkak kuchliroq.
Odamlar hamma narsani o'zgartirishni va aralashtirishni xohlashadi. Bilmadim, siz bunga qanday qaraysiz, lekin menga erkakning erkaklar ishi bilan, ayolning esa ayollar ishi bilan shug'ullanishi yoqadi", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Championship Rounds akkaunti.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar