06 mar 13:40
Yangiliklar
Xabib Nurmagomedov Dastin Porega qarshi jang oldidan otasi bilan bo'lgan holatni esladi
"Dastin Pore bilan jangda otam birinchi marta UFC'da menga sekundantlik qildi. CHunki unga shu paytgacha AQSH vizasi berilmagan edi. Jang haftasi hissiyotlar va energiyaga boy bo'lgandi. Poreni mag'lub etgan turnirim professional faoliyatimdagi eng yaxshi kechalardan biri edi, chunki otam qanchalik asabiylashganini, jangdan oldin va jangdan keyin u bilan qanday gaplashganimni yaxshi eslayman. Jangdan oldin Bryus Baffer bizni tanishtirayotganida men otamning yuziga qaradim, u juda ham asabiy edi. Men dadamga tinchlaning dedim.
Getji bilan jang psixoligik jihatdan juda ham qiyin edi. Juda jiddiy raqibim bor edi. O'sha paytda hamma narsaga ham dosh berish oson emasdi, lekin Alhamdulillah. Otam menga uzoq vaqt oldin aytganidek, barcha olmoslar kuchli bosim ostida paydo bo'ladi. Agar bosim bo'lsa va u sizni sindirmasa, siz olmosga aylanasiz", - deb esladi Xabib.
Fikrlar