So’nggi yangiliklar

08:34Даниил Ейбог жорий мавсум нима учун халқаро мусобақаларда иштирок этмаётганини очиқлади 0 08:03WTA рейтинги янгиланди. Теннис маликаларимиздан бири 25 поғона юқорилади. Қолганларичи? 0 07:32Кубарси Европада йилнинг энг яхши ёш футболчисига бериладиган Golden Boy совринини қўлга киритди 0 07:01Бугун Абдусатторов Total Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0

25 okt 02:20
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov jangdan so'ng tasirli nutq so'zladi

Teglar :  Xabib Nurmagomedov
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

“Meni qo'llab turganlarning barchasidan minnatdorman. Xaver Mendesga alohida rahmat aytaman. Uni juda qattiq yaxshi ko'raman. Bu faoliyatimdagi so'nggi jangim bo'ldim. Onam otam vafotidan so'ng boshqa jang qilmasligimni iltimos qildi va men onamga bergan vadamni bajaraman. Men UFC`dan bitta narsani so'ragan bo'lardim. Seshanba kuni yangilangan UFC`ning vazn toifasidan qatiy nazar reytingida meni birinchi raqamli qilishingiz kerak. 13-0. UFC'da engilmas chempion bo'ldim. Vazndan qatiy nazar eng kuchli jangchi bo'lishga haqli bo'ldim deb o'ylayman. Menga shuncha sharoitlar yaratib bergani uchun UFC rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Getjiga ham rahmat aytaman. 

U bir necha yillar avval menga vazn tashlashda katta yordam bergan. Barchaga rahmat. Bu jang otamning orzusi edi. Men otamning istagini bajara oldim deb o'ylayman. 2008 yilda endi faoliyatimni boshlaganimda hamda 2012 yilda UFC bilan shartnoma tuzganimda menga hech kim ishonmagandi. Men oddiy qishloq bolasi edim. Dog'istondan bu ergacha keldim. Dastlab bunday chempion bo'lish umuman hayolimda ham bo'lmagandi, biz otam bilan faqat olg'a intildik. Qachonlardir bu darajaga chiqishimni hech qachon tasavvur ham qilmaganman. Ota-onangizni borligida qadriga etinglar. Menda faqatgina onam qoldi. Endi bor etiborimni onamga qaratmoqchiman”, - dedi Xabib.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
25 okt 02:26:10
Dilshod G'aniyev
Xabib super jangchi. U shu bilan birga juda yaxshi inson. Xabib UFC dan ketgan taqdirda ham doim N1 bo'lib qoladi✊✊✊✊
+1   
25 okt 02:24:17
CHELSEA2211
Gap yöq shu yeri yoqti... Ota - Onani borida qadrlashimiz kerak...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing