12 iyu 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov JCH-2026`da kimga muxlislik qilishi malum bo'ldi
UFC shon-shuhrat zali azosi, 37 yoshli sobiq engil vazn toifasi chempioni Xabib Nurmagomedov futbol bo'yicha jahon chempionatida guruhdoshimizni qo'llab-quvvatlaydi.
Malumot ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'ldi: A Futbole akkaunti dog'istonlik aralash yakkakurash ustasining bo'lajak mundialda guruhdoshimiz Portugaliya terma jamoasiga muxlis qilishini aytdi.
"Xabib Nurmagomedov bolaligidan futbolchi bo'lishni orzu qilgan. Oltinchi sinfda u yon daftariga 200 ta futbol nomini yozdi. U bir necha bor "Spartak" mashg'ulotlarida qatnashgan va Krishtianu Ronaldu bilan muloqotda bo'lgan. Bir paytlar SHamil Laxiyalov Xabibga o'z klubida o'ynashni taklif qilgan, ammo o'shanda u MMAdagi faoliyatiga etibor qaratgan edi", - deyiladi xabarda.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar