So’nggi yangiliklar

18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0 17:48Биринчи ракеткани мағлуб этган Кудерметова 1/2 финалда 0 17:27Арман Царукян бир ойлик ҳаражатларини очиқлади 0 17:06"Арсенал" Артета бўйича якуний қарор қабул қилди 0 16:45Конор Бен ва Режис Прогрейс тарозига чиқди 0 16:24Валентина Шевченко Жейк Полга кескин жавоб қайтарди 0 16:03Нурмагомедов чемпионлик камарини ҳимоя қилади. Рақиб маълум! 0 15:42"Реал" "Бавария" футболчиси учун 165 млн евро тўлашга тайёр 0 15:20Дзюдочиларимиз Қозоғистондаги мусобақада 24 та медаль билан умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди! 0 14:59Асламжон Ортиқовнинг жанги бекор қилинди 0 14:35Бокс. Осиё чемпионатида якуний рейтинг қандай бўлди? 0 14:05Рюдигер "Реал"нинг Чемпионлар Лигасидаги мағлубиятининг асосий сабабини айтди 0 13:39"Мен буни амалга ошираман". Фьюри телевидение тарихидаги энг катта шоуни ваъда қилди 0

09 okt 18:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Keyingisi kim?

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov dastlabki himoya jangini o'tkazdi va unda Konor MakGregorni mag'lubiyatga uchratdi.

Endi u navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Hozircha uchta variant bu borada ehtimolga yaqinroq bo'lib turibdi.

Toni Fergyuson

Bunga eng yaqin variant engil vazndagi taniqli sportchilardan biri Toni Fergyusondir. U anchadan beri chempionlik jangini o'tkazishga loyiq. Biroq, jarohatlar Toniga halal berib kelmoqda. Bungacha uning Xabibga qarshi o'tkazilishi lozim bo'lgan to'rtta jangi bekor qilingan.



Jor Sen-Per

SHuningdek, Nurmagomedov kamarni ilk marotaba qo'lga kiritganida Jor Sen-Perga qarshi jang qilish istagi borligini aytib o'tgandi. To'g'ri, u nisbatan og'irroq vazn toifasidagi divizionda jang qiladi. Biroq, Xabib bilan jang uchun u vaznini kamaytiradi.



Konorga qarshi revansh

Irlandiyalik sportchi revanshga tayyor ekanligini aytib o'tgandi. Biroq, endi Nurmagomedov bunga rozi bo'ladimi? UFCning o'ziga bu kerakmi? Nazorat qilish qiyin bo'lgan ikki sportchini yana oktagonga tashlash navbatdagi tartibsizliklarga sabab bo'lishi mumkin. Biroq, ishlab olinishi mumkin bo'lgan mo'maygina pul revansh tashkil etishga sabab bo'lishi mumkin.


Xorij saytlari asosida tayyorlandi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing