01 okt 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: “Konorga qaraganimda ko'z oldimda majruh odam gavdalanadi”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi ko'rayotgan tayyorgarligi haqida gapirdi.
- Men uni kamtar bo'lishga majbur qilaman. Unga saboq berib qo'yaman va bu darsni u uzoq vaqt eslab yuradi. SHunda men uni savollarga tutaman: “Ey, qani sening avtobusing, jamoang qani? Ularning hammasini yordamga chaqir. Dana Uaytdan yordam so'ra. Men barcha rejalaringni buzib tashlayman”.
Men o'zimga ishonaman. Matbuot anjumanida uning ko'zlariga qaraganda qo'rquvdan boshqa narsani ko'rmadim. SHunchaki, piyonista bir majruh odamni ko'rgandek bo'ldim. Qasam ichaman, boshqa hech narsa ko'rmadim. U tinmay asabiylashardi. Bu esa qo'rquvning ilk alomati, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar