07 okt 13:51
Yangiliklar
![](/upload/storage/46414_220.jpg)
Xabib Nurmagomedov matbuot anjumanida nimalar dedi?
“Men bugungi holat uchun Nevada shtati komissiya azolari, Las-Vegas shahri aholisidan uzr so'rayman. O'zimning yomon tomonimni ko'rsatdim. Men ham oddiy insonman.
Nima uchun odamlar mening oktagondan chiqib ketganimni gapirishayaptiyu, lekin Konorning avtobusga hujum qilgani, beayb sportchilarga jarohat etkazgani, sal bo'lmasa odam o'ldirib qo'yay deganiga hech qanday munosabat bildirishmaydi.
U kim bo'libdi-ki, mening dinimni muhokama qiladi? Nimaga oilamga hujum qiladi? Yana bir bor komissiya azolari, Las-Vegas xalqi, meni kechiringlar! Bilaman, uyga qaytganimda otam meni qanday jazolashini. Konor Putin bilan suratga tushganini aytgandi. Hozirgina Prezident menga qo'ng'iroq qilib, g'alaba bilan tabrikladi”, - dedi Xabib.
Fikrlar