15 iyu 18:38
Yangiliklar
Xabib Nurmagomedov Maxachev - Garri jangiga taxmin bildirdi
Eslatib o'tamiz, mazkur jang UFC 330 turniri doirasida AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadi.
"Uslub jihatidan Garri juda noqulay raqib. Ko'p harakat qiladi, masofadan zarba beradi. Bizda bunday bo'yli raqib bo'lmagan — 191 santimetr. Qo'llari ham, oyoqlari ham uzun. Uning ortidan quvish, yaqinlashish va parterga o'tkazishga to'g'ri keladi. Juda og'ir jang bo'ladi.
Bundan tashqari, Islam ham tez orada 35 yoshga to'ladi. Ham uslub, ham yosh omillarini hisobga olsak, bu oson jang bo'lmaydi deb o'ylayman.
Men har doim shogirdlarimni og'ir jangga tayyorlayman. Ularga qarshi raqiblar boshqacha ruhda chiqishini aytaman. Agar ular chempionlarga qarshi o'zlarini ko'rsata olsa, avtomatik ravishda yulduzga aylanadi. Bosim ham juda katta bo'ladi.
Agar raqibni erta finish qila olmasangiz va besh raund davomida u bilan jang qilishga to'g'ri kelsa, bu oson emas. Tayyorgarlik ham qiyin bo'ladi, chunki aynan shunday raqibni topish kerak. Bu vaznda bunday sportchilar ko'p emas. Agar shunday raqib topilsa, uni kattaroq vazn toifasidan izlashga to'g'ri keladi", — dedi Nurmagomedov.
Fikrlar