23 avg 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Na Dias, na Fergyuson, na Konor, na Pore boshqa hech qachon chempion bo'lmaydi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Xabib Nuramgomedov tashkilotning qariyalari haqida fikr bildirdi.
«Misol uchun, 2015 yildan 2020 yilgacha bo'lgan vaqt orasida men bilan TOP darajada jang qilgan jangchilarni olaylik. Ularning hech biri avvalgidek emas.
Mening vaqtim o'tdi, ularniki ham, lekin ular kurashda davom etmoqdalar. Dias va Fergyuson allaqachon pul uchun va chempionlik ambiciyalarisiz oktagonga ko'tarilishmoqda. Ular boshqa hech qachon chempion bo'lmasligini o'zingiz ham yaxshi bilasiz. MakGregor va Pore bilan ham xuddi shunday. Ularning vaqti o'tdi. Na Dias, na Fergyuson, na Konor, na Pore boshqa hech qachon chempion bo'lmaydi»,-dedi Xabib.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar