23 apr 18:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov qachon UFCga qaytishini malum qildi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyor ekanligini aytib o'tdi.
"UFCda engil vaznda raqobat katta. Ayni paytda Konor, Toni, Pore, Li va Alvares kabi kuchli sportchilar bor. Ularning barchasi kuchli yigitlar. Sanab o'tgan sportchilarimning har biri bilan jang qiyin kechadi.
Men xech qachon raqib tanlamaganman. Menga taklif qilingan sportchilarga qarshi jang qilganman. Bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Noyabr yoki dekabr oyida qaytaman. UFC qanday qarorga kelsa uni qabul qilaman", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar