11 okt 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov qilgan ishidan afsusda emasligi haqida gapirdi
UFCning engil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedov Konor MakGregorga qarshi jangdan so'ng qilgan ishi uchun afsusda emasligini aytdi.
"Xech narsadan afsusda emasman. Qilgan ishimni yana bir marotaba takrorlashga ham qarshi emasman. Balki, 30 yoshga to'lib, aqlim to'liq kirmagandir. Ammo, barchasini to'g'ri qildim.
Balki uni bo'g'masdan qo'yib yuborib, jangni davom ettirishim va yanada ko'proq do'pposlashim mumkin edi. Ammo, shunisi ham yomon chiqqani yo'q. U qo'yib yuborishimni iltimos qildi", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar