11 jan 15:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov sobiq raqiblari bilan nega do'stlashmasligini aytdi
UFC shon-shuhrat zalining 37 yoshli azosi, engil vaznda sobiq UFC chempioni sobiq raqiblari bilan do'stona munosabatlar o'rnatish haqida hech qachon o'ylamaganini malum qildi.
"Yo'q, biz odobli bo'lishimiz kerak. Lekin bundan hech qachon do'stlik chiqmaydi. Agar bu yigitlar yuzingga urmoqchi bo'lsa, u bilan qanday do'stlashasan? Bu butunlay boshqa narsa", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi Sportskeeda portali.
Malumot uchun, "burgut" so'nggi jangini 2020 yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) yaqinidagi Yas orolida bo'lib o'tgan UFC 254 turnirida o'tkazgandi. O'shanda u engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempioni amerikalik Jastin Getjini ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi. Nurmagomedov uchun bu faoliyatidagi 29-g'alaba bo'lgandi. Jangdan so'ng Xabib aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlashini elon qilgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar