09 fev 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "Spartak" mahalliy saviya, "Real" orzular klubi"
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov professional futbolda debyut qilish istagi haqida gapirdi.
"Professional darajada futbol o'ynash - bolalikdagi orzuim. Albatta bunday istak bor. Bu bo'yicha kimlar bilan gaplashmadim! Xattoki UEFA prezidenti Aleksandr CHeferin, PSJ xo'jayini, va Krishtianu Ronaldu bilan gaplashdik.
"Spartak"? Bu albatta ajoyib. Lekin baribir mahalliy saviya. "Real" - orzuimdagi jamoa. Aytgacha, men 90 daqiqa to'liq ko'rgan o'yin 1998 yildagi "Real" - "Yuventus" uchrashuvi edi. O'shanda Miyatovich ofsayddan gol urgandi, ammo yakunda baribir biz g'alaba qozonganmiz", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar