20 may 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedovda yana soliqlar bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi
Mash nashri malumotiga ko'ra, Nurmagomedov internetdagi reklama tarqatish bo'yicha majburiy to'lovlarni amalga oshirmagan.
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov "Roskomnadzor"dan 300 ming rubl (taxminan 4200 AQSH dollari) qarzdor ekani haqida xabar tarqaldi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilda rossiyalik sportchi Federal soliq xizmatiga qariyb 300 million rubl to'lamagani haqida xabarlar chiqqan va shu sabab uning hisoblari hamda mol-mulki vaqtincha muzlatilgan edi. 2025 yilda esa uning 1,8 million rubl qarzi borligi aytilgan. SHuningdek, Nurmagomedov BAAda tadbirkorlik bilan shug'ullanish uchun Rossiyadagi barcha bizneslaridan chiqqanini malum qilgan.
Havola :
Manba : Mash
Fikrlar