09 okt 17:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovga hukmning yarmi o'qildi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov o'zi uchun atalgan gonorarni to'liq ololmaydi.
UFC prezidenti Dana Uaytning fikricha, Konor Makgregorga qarshi kechgan jangdan keyingi xatti-harakatlar Nevada shtati Sport komissiyasi jazolanmasdan qolmaydi. SHunday ehtimol ham yo'q emaski, kafolatlangan 2 million dollar gonorarning bir centi ham berilmasligi mumkin.
“Hozircha Xabibga bir dollar ham bermadik. Hozir gonorarning umuman berilmasligi haqida ham gap bo'lyapti. Bir narsani aniq aytaman, moliyaviy jazo albatta bo'ladi. To'rt oydan olti oygacha bo'lgan muddatga AQSH hududida jang o'tkazishdan mahrum qilinadi. Xabib ishtirokidagi jangni boshqa davlatda o'tkazish rejasi yo'q. Lekin Nurmagomedov chempionlik kamarini o'zida saqlab qoladi”, - dedi Uayt.
Havola :
Fikrlar