So’nggi yangiliklar

14:56“Ман Сити“ етакчисига янги шартнома таклиф қилади 0 14:35Хуршид Тожибоев Испанияда проф боксдаги 8-жангини ўтказди 0 14:14Арман Царукян Москвада жанг ўтказди 0 13:53"Ролан Гаррос". Дунёнинг биринчи ракеткаси рақибига учтагина гейм берди 0 13:32Кайо Лукас: "Ўзбекистонга қарши ўйинга тўлиқ тайёрмиз" 0 13:11МБАда плей-оффнинг финал иштирокчилари маълум бўлди 0 12:50Мэнни Пакьяо ва Марио Барриос илк face to face маросимида иштирок этишди 0 12:29Шин Фомин эплай олмаган ишни уддалади, у бугун бош соврин учун ўйнайди 0 12:08Бугун Макрон ПСЖни Елисей саройида қабул қилади 0 11:47UFC on ESPN 68 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 11:26Нукусда белбоғли кураш бўйича жаҳон ва Осиё чемпионати ўтказилди 0 11:05"Ролан Гаррос". Новак Жоковичнинг юриши давом этмоқда 0 10:44Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади 0 10:23Бунақаси кам бўлади. Асосий жанги бекор бўлган UFC on ESPN 68 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 10:02ИНТЕРВЬЮ. Уйни ким совға қилганди? — Амирхон Алихўжаев "Волидам" лойиҳаси меҳмони 0

01 noy 18:11
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Xabib Nurmagomedovning raqiblari: jang oldidan va jangdan so'ng + FOTO

Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov bugungi kunda dunyo miqyosida mashhur sportchi hisoblanadi.

Nurmagomedovning O'zbekistonda ham muxlislari ko'plab topiladi. SHuni etiborga olgan holda, Xabibning janglariga bag'ishlangan maqolaning yangilangan talqinini etiboringizga taqdim etamiz.

U mag'lubiyatga uchratgan raqiblar jangdan keyin qanday holatga tushib qolgan? Buni suratlar yordamida bilib olamiz.

2012 yil, 20 yanvar - Kamal SHalorus

Ikkinchi raunddan so'ng SHalorus promoushenning yangi vakili tomonidan shu darajada do'pposlandiki, burchakda turgan jamoadoshlariga qarata shu savolni berdi: "Hozir nechanchi raund?"



Taqqoslash uchun Xabib jangdan so'ng shu ko'rinishda edi.



2012 yil, 7 iyul - Gleyson Tibau

Nurmagomedov jangda agressiv xarakatlari bilan ajralib turdi. Bu esa braziliyalik raqibning yuzida jarohat paydo bo'lishiga sabab bo'ldi. Uning o'ng ko'zi ostida oqayotgan qonni ko'rishingiz mumkin.



Xabib esa o'sha jangdan so'ng xotirjam ko'rinishda edi.



2013 yil, 19 yanvar - Tiago Tavares

Bu erda ortiqcha izohga hojat yo'q. Referi to'qnashuvning 115-soniyasida jangga aralashishga majbur bo'lgandi.



2013 yil, 25 may - Abel Truxilo

Agar omma senga xushtakbozlik qilayotgan bo'lsa bu sen greppling bo'yicha haqiqiy master-klass namoyish etganing uchun.



Jang yakunida Xabib g'alabani shu ko'rinishda nishonlamoqda




2013 yil, 21 sentyabr - Pet Xili

Jang juda ajoyib o'tgandi. Xili ham o'z o'rnida yaxshi harakat qildi. Biroq, Xabib saviya borasida raqibidan ustun ekanligini namoyish etdi. O'sha jangdan so'ng Nurmagomedov chempionlik kamari uchun davogarlardan biri sifatida etirof etila boshlandi.



Jangdan keyingi surat



2014 yil, 19 aprel - Rafael Dos Santos

Xabib bu jangda ham raqibini "g'ajib qo'ydi"



Qahramonimiz jangdan keyin



2016 yil, 16 aprel - Darrell Xorcher

Xorcher ajoyib jang qildi. Ammo, yakunda uning holati shunday ko'rinishda edi.



Xabib uchun esa muammo yo'q



2016 yil, 12 noyabr - Maykl Jonson

Jonsonning o'ziga bo'lgan ishonchi birinchi raundda o'tkazib yuborilgan juda kuchli zarbadan so'ng qaergadir yo'qolib qoladi. O'sha vaziyatdan so'ng jang Nurmagomedov uchun bolalar o'yiniga aylanadi.



Sportchi hatto terlagani ham yo'q



2017 yil, 30 dekabr - Edson Barboza

Donald Serrone, Bobbi Grin, Evan Danem, Lukas Martins, Pol Felder, Toni Fergyuson, Entoni Pettis, Gilbert Melendes, Beneil Dariyush, Xabib Nurmagomedov. Barboza ularni mag'lub eta olmagan. Lekin, barcha janglarda u yaxshigina qarshilik ko'rsatgan. Doimo nimadir halal berib qolgan. Uning mahoratini shubha ostiga qo'ya olmaymiz.


Ikkinchi raundda referi undan jangni davom ettira olish-olmasligini so'ramoqda. Ammo, Barboza jangni oxirigacha etkaza olgan.


2018 yil, 7 aprel - El Yakvinta

UFC 223 turniri doirasida o'tkazilgan jangda Xabib Yakvintani mag'lub etadi va yakunda chempionlik kamariga ega chiqadi. Jang oson bo'lmagandi o'shanda.


Qahramonimiz ilk marotaba UFC chempionlik kamariga ega bo'ldi


2018 yil, 6 oktyabr - Konor MakGregor

UFC 229. Yil jangi. Konor MakGregor jang oldidan o'z uslubida provokacion harakatlarni amalga oshiradi. Xabib bularning barchasiga oktagonda javob qaytaradi. 


Jangdan so'ng nimalar bo'lganini, nimalar bo'layotganini Siz juda yaxshi bilasiz. 


Olamsport.com saytini kuzatib boring!

Reyting: +5   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing