23 avg 10:41
Yangiliklar

Xabib Oliveyraning kuchli tomonlarini aytdi
"Albatta, CHarlz Oliveyrani avval ham kuzatganmiz. Siz uning kurashiga qarshi tura olmaysiz, unda buning uchun tana bor va u bundan samarali foydalanadi. "Stoyka"da uning tizza va oyoq harakatlari yaxshi. CHarlzni tug'ma kuchli jangchi deb aytmagan bo'lar edim, ammo ohirgi ikki yilda uning tajribasi va o'ziga ishonchi ortdi. Biz unga o'tkinchi raqib sifatida qaramaymiz, shu bilan birga, unga bardosh bera olishimizga ham ishonchim komil. SHunchaki, rejangizga amal qilishingiz kerak", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi MMA Metaratings nashri.
Malumot uchun, Maxachev - Oliveyra jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Avvalroq, Xabib bukmekerlar faoliyati haqida fikr bildirgan edi.
Fikrlar