08 sen 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Otam xotirasiga bag'ishlangan turnir har yil o'tkaziladi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning aytishicha, otasi Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa har yili tashkil etilishi haqida gapirdi.
"Turnir har yili o'tkaziladi, biz buni rejalashtirdik. Faqatgina sanalar o'zgaradi.
Har yili yoz oxiri yoki kuz boshida tashkil etamiz. Tashkiliy masalalar bilan muammolar bo'lmadi.
Sportchilar jang qilishni istashdi, tashkilotlar ham ushbu turnirni o'tkazish tashabbusi bilan chiqishdi. Bu katta ehtimol bilan pandemiya sabab ko'p musobaqalar bekor qilingani bilan bog'liq bo'lsa kerak.
Barchasi yaxshi kechdi. Umid qilamanki, turnirni yuqori saviyada tashkil etamiz", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu turnirda o'zbekistonlik sportchi ham jang qilishi haqida xabar qilgandik.
Havola :
Manba : RT
Fikrlar