25 sen 17:20
Yangiliklar

Xabib otasining vafotidan so'ng qanday qilib tushkunlikdan chiqishga harakat qilayotganini aytdi
Eslatib o'tamiz, 3 iyul kuni Xabibning otasi Abdulmannap Nurmagomedov koronavirus tufayli 58 yoshida vafot etgan edi.
"Men malum darajada depressiyadan chiqish uchun tinmay mashq qildim va bu menga yordam berdi. Mashg'ulotlarim yo'q bo'lgan payt esa tushkun holatga tushib qoldim. Men butun umr mashq qilganman. Kayfiyatim yaxshi bo'lishi uchun doim mashq qilishim lozim.
Otam ham huddi shunday bo'lgan. U har doim mashq qilardi. Do'stlarining aytishiga qaraganda, qaergadir ketishayotganda dadamning yonida har doim sport sumkasi bo'lgan ekan. Otam birinchi bo'lib o'ziga yotoq hozirlasa, keyin mashq qilish uchun joy qidirardi. Menda ham bu hislat bor.
Muntazam mashq qilish menga juda muhim, chunki men sportchiman. Agar men rivojlanishdan to'xtasam bu hammasidan ham yomonroq",-dedi Xabib Nurmagomedov
Fikrlar