29 jan 07:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Xabib revanshda Konorni yanchib tashlagan bo'lardi"
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes shogirdining UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan ehtimoliy revanshi haqida gapirdi.
"Xabib revansh jangida Konorni yanchib tashlagan bo'lardi.
Mening fikrimcha, o'tgan ikki yilda Xabib faqat rivojlandi. Konorning sport formasi esa faqat yomonlashdi. Makgregor endi hech qachon bu revanshni ololmaydi.
Xabibga bu kerak ham emas. Yana qaytaraman, Xabib faqatgina Jorj Sen-Perga qarshi jang uchungina qaytishi mumkin. Buni Xabibning otasi xohlagan edi.
Umuman olganda bu jang ham endi deyarli ilojsiz. Jorj ham, Xabib ham bu jangni xohlashmayapti", - dedi Xaver Mendes.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar