24 okt 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib tasir doirasi kuchli musulmonlarning top-500 ro'yxatida, Turkiya Prezidenti 1-o'rinda!
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov tasir doirasi kuchli bo'lgan musulmonlarning top-500 ro'yxatiga kiritildi.
Ushbu ro'yxat har yili Themuslim500.com sayti orqali yangilanib turiladi. Nurmagomedovdan tashqari ro'yxatga sport olamining yana sakkiz nafar vakili kiritildi: futbolchilar - Muhammad Saloh, Pol Pogba, Mesut Ozil, Zinedin Zidan, FIFA prezidentligiga sobiq davogar Ali bin Al-Xussayn, engil atletikachi Muhammad Fara, kriketchi Hoshim Amla hamda regbi yulduzi Sonni Uilyams.
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh top-50ga kirgan yagona sportchi bo'ldi. Misrlik futbol javohiri reytingning 46-pog'onasidan joy olgan. Reytingda Turkiya Prezidenti Rejep Tayip Erdogan peshqadamlik qilyapti.
Havola :
Fikrlar