14 okt 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Toni Fergyuson tugagan. Uning vaqti o'tdi"
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Toni Fergyusonni yana tanqid qildi.
"Fergyuson tugagan. U qaytadi, lekin yana kimdir uni do'pposlaydi.
Fergyusonda tanlov bor. U "Janglar oroli"ga kelib Islam Maxachev bilan jang qilishi mumkin. Islamning seriyasi oltita g'alabaga teng. U deyarli TOP10ga kirib oldi.
U g'alaba qozonsa, shundan so'ng u chempionlikka davogarlik qila oladi. Ammo baribir Fergyusonning vaqti tugagan", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar