10 iyu 17:41
Yangiliklar
Xabib UFC'da 13 ta raqibini mag'lub etgan. Xabibdan engilganlar hozir qaerda?
Xabib Nurmagomedov sobiq chempion va UFC shon-sharaf zali azosi. Sakkiz yil davomida u 13 marta oktagonga kirgan va hech qachon mag'lub bo'lmagan.
Uning raqiblari hozir qanday ishlar bilan band?
Kamal SHalorus
Xabib bilan jang SHalorus uchun UFC'dagi ikkinchi jang bo'ldi - o'sha paytda u 39 yoshda edi. Hammasi bo'lib, u promoushenda uch marta jang qildi va barchasida mag'lub bo'ldi. Rafael doc Anosga yutqazganidan so'ng, u ligadan chetlatildi va ONE FC bilan shartnoma imzoladi. Singapurda u chempionlikgacha etib keldi, ammo kamarni qo'lga kirita olmadi. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng 2017 yilda faoliyatini yakunladi.
U hozir Vashingtonda yashaydi, u erda tuman jang sanatlari sport zali joylashgan, SHalorus aralash yakkakurashlar bo'yicha katta murabbiy bo'lib ishlaydi. 2018 yildan beri - u tamirtalab uylarni sotib oladi, ularni o'zi tamirlaydi va ularni yuqori narxda sotadi. U bo'sh vaqtlarini Ispaniya, Marokash, Greciya va Iordaniya kabi davlatlarni sayohat qilishga sarflaydi.
Gleyson Tibau
Tibau bilan jang Nurmagomedov faoliyatidagi eng qiyini sanaladi. Gleyson Xabibni stoykada to'xtatdi, o'zini Xabibning barcha urinishlardan himoya qildi va MMA Decisions portalining aksariyat mustaqil ekspertlari g'alabani unga berishdi. SHunga qaramay, jangni boshqarayotgan hakamlar har bir raundni Nurmagomedovga berdi.
Tibau uchun bu mag'lubiyat uning faoliyatidagi sakkizinchisi bo'ldi, biroq u yana olti yil UFC'da qoldi. Gleyson ketma-ket to'rtta mag'lubiyatdan so'ng - 2018 yilga kelibgina tashkilotni tark etdi. SHundan keyin u Oskar De La Xoya bilan ishladi, Xitoyda porladi va PFL'da beshta jang o'tkazdi. Hozir Tibau 39 yoshda, lekin u hali ham jang qilmoqda - fevral oyida u Tyumendagi RCC turnirida Aleksey Kunchenkoga yutqazdi.
Tiago Tavares
2018 yilda Tavares o'z faoliyat sohasini tubdan o'zgartirdi - u aralash jang sanatini tark etdi va bir vaqtning o'zida tibbiyot sohasida bir nechta dasturlarni taklif qiladigan Contestado universitetiga o'qishga kirdi. O'qish paytida Tavares ikki marta jang o'tkazdi - u talabalar hayotida adrenalin juda kam ekanligini tan oldi.
Ekaterinburga o'tkazilgan turnirdagi mag'lubiyatdan so'ng u nihoyat sportni tark etdi va o'shandan beri Braziliya klinikasida jarroh bo'lib ishlamoqda. SHu bilan birga, Tavares jang sanatlarini unitgani yo'q, muntazam ravishda jiu-jitsu mashg'ulotlaridan fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi.
Abel Truxilo
Truxiloga qarshi jangda Nurmagomedov amalga oshirilgan teykdaunlar soni bo'yicha UFC rekordini o'rnatdi - u raqibni 21 marta parterga yiqitgan (jami 27 urinish bo'lgan). Truxiloning o'zi 2017 yildan beri jang o'tkazmagan, biroq u faoliyatini tugatgani haqida elon qilmadi - uzoq vaqt jang o'tkazmaganiga asl sabab uning hibsga olingani edi.
Truxilo uch yil oldin qamoqqa olingan. Policiya uning telefonida voyaga etmagan qizlarning o'nlab fotosuratlarini topgach, bolalarni jinsiy ekspluataciya qilishda ayblanib hibsga olingan edi. Truxilo o'z aybiga iqror bo'ldi va 18 oygacha qamoq jazosi bilan tahdid qilingan bo'lsa-da, shartli qamoq jazosini oldi. Bu uning qonun bilan bog'liq birinchi muammosi emas - 2007 va 2009 yillarda Abel o'z farzandining onasiga nisbatan zo'ravonlik sodir etganlikda ayblangan.
Pet Xili
Xili UFC'da yorqin debyut qildi: afsonaviy Jim Millerni uchinchi raundda nafaqat bo'g'ib qo'ydi, balki oqshomning eng yaxshi jangi uchun bonus ham oldi (keyinchalik jang Xili tomonidan marixuana testi muvaffaqiyatsiz o'tkazilgani uchun haqiqiy emas deb topildi). Besh oy o'tgach, u Xabibga yutqazdi - bu mag'lubiyat to'rtta muvaffaqiyatsiz seriyaning dastlabkisi bo'ldi, shundan so'ng u UFC'dan haydaldi.
Pet sportni davom ettirdi - u kichik mintaqaviy promoushenlarda jang qildi va 2017 yilda ACB bilan shartnoma imzoladi. U faoliyatidagi so'nggi jangini Grozniyda o'tkazgan, hozir esa Portlendda yashaydi va o't o'chiruvchi bo'lib ishlaydi.
Rafael dos Anos
Xabibdan mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, doc Anos undan oldin chempionlikka erishdi. UFC 185ning asosiy jangida u Entoni Pettisni mag'lub etdi, Donald Serronega qarshi muvaffaqiyatli himoyani o'tkazdi va 481 kun davomida chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. Doc Anos 38 yoshida UFC'da jang qildi. Dekabr oyida u tashkilotdagi 21-g'alabasini nishonladi - Brayan Barbarenani bo'g'ib qo'ydi.
U fevral oyida o'tkazilgan operaciyadan so'ng tuzalib iyulda oktagonga qaytishiga ishora qilmoqda. Rafael Kaliforniyada yashaydi, u erga 12 yil oldin ko'chib o'tgan - 2019 yilda u AQSH fuqaroligini olgan.
Darrell Xorcher
Xabib bilan jangdan bir oy o'tgach, Xorxer dahshatli halokatga uchradi: uning motocikli qarama-qarshi yo'lakdan chiqib ketgan yo'lovchi mashinasi bilan to'qnashib ketdi. To'qnashuv shunchalik kuchli ediki, Xorxer motocikl rulidan uchib ketdi va motociklning o'zi portladi. Darrell omon qoldi va bir yildan keyin oktagonga qaytdi.
Ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan so'ng u UFC'dan ketdi, ammo professional sportni tark etmadi. Xorxer oxirgi marta 2022 yilning may oyida jang qilgan, o'shanda u Xabib Nurmagomedovga tegishli bo'lgan Eagle FC promo-turnirida Ahmad Alievga yutqazgan.
Maykl Djonson
Xabib bilan bahs Jonsonning ayni damda raqamli turnirlardagi so'nggi ishtirokidir. O'shandan beri u uzoq mag'lubiyatlar seriyasini kamyob g'alabalar bilan almashtirib kelmoqda. Bu vaqt ichida Jonson ikki marta vazn toifasini o'zgartirdi, ammo reytinglarda o'z o'rnini topmadi.
U so'nggi jangini may oyida o'tkazdi – u Diego Ferreyradan nokaut qabul qilib oldi. Jang oldidan u shunday degan edi: "Maqsadimga erishmagunimcha kurashni davom ettiraman. Men hali ham chempionlik kamarini qo'lga kiritishni xohlayman, chempionlikgina mening chanqog'imni qondiradi".
Edson Barboza
Xabibdan engilgach, Barboza 10 ta jang o'tkazib, ulardan oltitasida mag'lub bo'lgan. O'zining faxriy maqomiga qaramay, Edson faol, yiliga ikki marta doimiy ravishda jang qiladi. SHu bilan birga, u ko'p vaqtini oilasiga bag'ishlaydi (bu haqda u doimo ijtimoiy tarmoqlarda gapiradi) va sayohat qiladi - u yaqinda o'z ona yurti Braziliyada maktab o'quvchilariga motivacion nutq so'zladi.
37 yoshida Barboza faoliyatini yakunlash haqida o'ylamayapti va yaqinda hatto 70 yoshgacha ketmasligiga ishora qilib, hazilomuz post ham joylashtirdi. Aprel oyida Barboza Billi Kuarantilloni muddatidan oldin mag'lub etdi va bundan ikki oy oldin u AQSH fuqarosi bo'lganini elon qildi. Edson 2009 yildan beri Amerikada yashaydi.
El Yakvinta
Xabibga qarshi jang UFC 223 turnirining markaziy jangi maqomida bo'lib o'tdi va bu chempionlik uchun kurash edi. SHunga qaramay, Yakvintaning faoliyatida jiddiy pasayish yuzaga keldi: u to'rtta jang o'tkazdi, shundan uchtasida mag'lub bo'ldi va karerasini yakunlashga qaror qildi. Hozirgacha u Aljameyn Sterling va Merab Dvalishviliga janglarga tayyorgarlik ko'rishda yordam beradi hamda janglar paytida ularning burchagida bo'ladi.
Ayni vaqtda Yakvinta ko'chmas mulk agenti bo'lib ishlaydi - u licenziyani 2016 yilda olgan. Ko'chmas mulk malumotlar bazasi Yakvinta ko'chmas mulkni faqat Nyu-Yorkda sotganini ko'rsatadi - etti yillik ish davomida u 51 ta bitim tuzgan. Eng oxirgisi iyun oyida 565 ming dollarga sotilgan uy edi.
Konor Makgregor
Xabibdan uchralgan mag'lubiyat Makgregorning faoliyatidagi eng og'riqli epizod bo'lib, shundan so'ng u 15 oy davomida g'oyib bo'ldi. Oxirgi uchta jangda Konor bor-yo'g'i bir marta g'alaba qozongan va ikkita jangda muddatidan avval mag'lub bo'lgan – har ikkisida ham Dastin Porega engilgan. 34 yoshli Makgregor 2021 yil iyul oyidan beri oktagonga chiqmadi.
Tez orada u Maykl CHendlerga qarshi jang qilishi kerak. Lekin, hatto jang sanasi ham belgilanmagan - chunki Konor hali USADA test bazasiga qaytmagan. Qaytishga yana bir muammo to'sqinlik qilmoqda - iyun o'rtalarida uni jinsiy tajovuzda ayblashdi.
Dastin Pore
Nurmagomedovdan engilganidan so'ng Pore ketma-ket uchta jangda g'olib bo'ldi. Bu seriya uni CHarlz Oliveyraga yutqazgan chempionlik jangigacha olib keldi. Noyabr oyida Pore Maykl CHendlerni muddatidan oldin mag'lub etdi va endi engil vazn toifasi reytingida ikkinchi, P4P reytingida 13-o'rinni egallab turibdi.
Dastin oktagondan tashqarida muvaffaqiyatli biznesmen. 2020 yilda u o'zining achchiq souslarini ishlab chiqardi va bir yil oldin Rare Stash burbon sotuvga chiqdi - bir shishasi taxminan 100 dollar turadi.
Jastin Getji
So'nggi uch yil ichida Getji oktagonga atigi uch marta kirdi (ikki marta oqshomning eng yaxshi jangi uchun bonus olgan). Hozirda u engil vazn toifasida uchinchi o'rinni egallab turibdi va faoliyatining so'nggi bosqichida ekanini tan oldi: "Men 37 yoshimda faoliyatimni yakunlamoqchiman. Hozir men 34 yoshdaman. Hali ikki-uch yilim bor. Bu ish bilan abadiy shug'ullanmayman".
30 iyul kuni u Dastin Pore bilan jang qiladi - jang g'olibi BMF kamariga va ehtimol chempionlik jangiga ega bo'ladi.
sports.ru sayti asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi
Dizayner: Muxtasar Umarova
Fikrlar