17 okt 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib UFC'da qoladimi? Promoushen prezidenti javob berdi
UFC prezidenti Dana Uayt rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedovning UFC'da qolishi haqida gapirdi.
"Barchasi joyida. Jang hissiyotlarga to'la bo'ldi. Nurmagomedov ajoyib yigit. Xabib bilan munosabatlarimiz zo'r. Uning keyingi raqibi kim bo'lishini bilmayman. Bu haqida Nevada sport komissiyasining qaroridan so'ng gaplashamiz. Xabib UFC'da qoladi.
Zubayra Tuxugov? Uning tashkilotdagi kelajagi borasida 100 foizlik ishonch bilan gap ayta olmayman", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar