27 okt 09:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib UFC'da ushbu natijaga erishgan yagona sportchi
Xabaringiz bor, Xabib Nurmagomedov Jastin Getjini ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgan edi.
Bu uning chempionlik janglarida ketma-ket uchinchi bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozongan bahsi bo'ldi. SHu tariqa Xabib bunday natijaga erishgan UFC'dagi ilk chempionga aylandi. Unga qadar hali hech kim bunday ko'rsatkichga erishmagan.
Eslatib o'tamiz, Xabib Getjiga qadar Dastin Pore hamda ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni ham shu uslubda mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar