05 sen 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Usman va Sen-Per haqida: "Oktagon ichidagi va tashqarisidagi chempionlar"
Xabib Nurmagomedov UFC Paris turniriga tashrif buyurgan Kamaru Usman va Jorj Sen-Per haqida o'z sahifasida fikr bildirdi.
4 sentyabr tongida bo'lib o'tgan musobaqada Kamaru Usman va Jorj Sen-Perning birga o'tirganini ko'pchilik muxlislar ko'rgan bo'lsa kerak.
Xabib ushbu suratni joylab, uni quyidagicha izohladi: "Oktagon ichidagi va tashqarisidagi chempionlar".
Avvalroq, Jorj Sen-Per Xabibni tarixdagi eng kuchli 10 nafar jangchi sirasiga kiritgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar