06 okt 09:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib va Konor uchun kafolatlangan ettita sonli gonorarlar elon qilindi
UFC 229 turniri tashkilotchilari Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor uchun atalgan gonorar summasini oshkor qilishdi.
Etiborlisi, amaldagi jahon chempioni bo'lgan rossiyalik sportchi sobiq chempiondan bir million dollar kam gonorar oladi. Xabib Nurmagomedov uchun kafolatlangan gonorar — 2 million, Konor Makgregorga esa — 3 million dollarni tashkil etadi. Bunga translyaciya va tushumlardan beriladigan mablag' kiritilmagan.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o'rtasidagi chempionlik jangi Amerika vaqti bilan bugun tunda, Toshkent vaqti bilan esa ertaga tongda (taxminan soat 07:00-08:00 oralig'ida) AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar