24 okt 11:46
Yangiliklar
Boks/MMA

“Xabib vazn o'lchash marosimida kerakli vaznni qila olmadi, biroq...“
MMAning mashhur dietologi Mayk Dolchening fikricha, kecha Xabib Nurmagomedov kerakli vazni qila olmagan.
“Vazn o'lchash marosimida g'alati holatlar sodir bo'ldi. Xabib vazn o'lchashga chiqqanida, tekshiruvchi bilmasdan yoki ataylab katta xatoga yo'l qo'ydi. Fikrimcha, Xabib vazn qila olmadi. U birinchi bo'lib taroziga chiqdi. Unda vazn tashlashga imkoni yo'q edi, shuning uchun ham shunday qildi. Lekin nazoratchi tarozini to'g'ri holatga keltirmadi va bu uning eng katta xatosi”, - dedi Mayk.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Getji vazn o'lchash marosimida bir xil — 70,3 kg tosh bosishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar
Таржиманиям ёрворибсилар лекин...