04 okt 15:27
Yangiliklar

Xabib vs Konor. Nurmagomedovnig ochiq mashg'ulotdagi gaplari
Ko'pchilik katta qiziqish bilan qaragan Xabib Nurmagomedovning ochiq mashg'ulotini mahalliy ishqibozlar xushtakbozlik bilan kutib olishdi. Mashg'ulot yakunlanganidan so'ng Nurmagomedov mikrofonni qo'lga olib, asosan irlandiyalik muxlislarga murojaat qilgan.
“Uch kundan keyin sen ham men kabi bo'lasan, - dedi Xabib zalga qarata. - Meni yoqtirib qolasiz. Sizlarga menda umumiy savol bor. Sizning tilingiz qaerda? Men irland tilini nazarda tutyapman. Sizlar tilni o'zgartirib yubordinglar. Iltimos, kimdir bu savolga javob bera oladimi? Sizlar hozir Angliya bilan birgamisizlar?”.
“Konor uning ajdodlari Angliyaga qarshi kurash olib borganini aytmoqda. Lekin uning bobosi Kristofer Makgregor Angliya flotida bo'lgan va u sizlarning odamlaringizni o'ldirgan. Sizlar esa shunday qonxo'r insonning nabirasini qo'llab-quvvatlayapsizlar”.
Fikrlar