13 sen 07:08
Yangiliklar

Xabib Xamzat CHimaevga jiddiy etiroz bildirdi
SHveciyalik aralash yakkakurash ustasi UFC 279 turnirining rasmiy tarozidan o'tish marosimida belgilangan vazn meyorini bajara olmagani etmagandek, sahnadan turib muxlislarga turli nomaqbul harakatlarni qilgan edi.
"Agar sen musulmon bo'lsang, atrofingga iymon va diyonatli kishilarni jamlashing kerak. Zero, aynan ular seni nima mumkin va nima mumkin emasligini aytib, to'g'ri yo'lga boshlaydi. Men Xamzat CHimaevning rasmiy tarozi marosimidagi chiqishini ko'rdim. Afsuski, uning jamoasida musulmon kishisi yo'q. Bu esa juda yomon va xunuk holat. Yaratganni tanigan inson yo'qligidan shunday ko'ngilsiz holatlar yuzaga keladi", - dedi Nurmagomedov Birmingemdagi muxlislar bilan uchrashuv chog'ida.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev vazn qila olmagani uchun Neyt Diasga qarshi kechishi belgilangan jangdan mahrum bo'lgan edi.
Fikrlar